JSST rahbari Tedros Gebreyesus Berlindagi Butunjahon sog`liqni saqlash konferensiyasi ochilishida so`zlagan nutqida insoniyat koronavirus pandemiyasini engib o`tishining uchta asosiy shartini sanab o`tdi:
Uning fikricha, qachonki:
- COVAX mexanizmi bo`yicha vaksina etkazib berish ustuvor vazifaga aylansa;
- G20 davlatlari vaksinani tarqatish bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarsa;
- Vaksinani ishlab chiquvchilar intellektual mulk huquqlarini bekor qilib, texnologiya va lisenziyalar bilan bo`lishsalar pandemiyani engib o`tish mumkin.
JSSTning Evropa bo`yicha mintaqaviy direktori Xans Klyugening ta`kidlashicha, sog`liqni saqlash tizimiga ortiqcha yuklanish holati bo`lmasa, JSST koronavirus pandemiyasi tugaganligini e`lon qilishi mumkin.






