Izboskan tumanida fuqaroga sholi ekish uchun er maydoni ajratib berishni va`da qilgan mutaxassis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, “A.” MChJ shaklidagi qo`shma korxona mutaxassisi J.A., fuqaroning ishonchiga kirib, unga korxona tasarrufidagi 3 gektar pillachilikka ixtisoslashgan er maydonini sholi etishtirish uchun ajratib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",–deya ma`lum qilinadi xabarda






