O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan “2017-2021: Sud huquq sohasidagi islohotlar samarasi” risolasi chop etildi.
Risolada o`tgan qisqa davrda tizimda amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari haqida so`z yuritaladi. E`tiborlisi, to`plam quruq ma`ruzalardan holi, natijalar aniq raqam, fakt va taqqoslar orqali geometrik va grafik dizayn shaklida o`quvchiga havola etiladi. Bu esa amalga oshirilgan islohotlar haqida keng tasavvur hosil qilish imkoniyatni taqdim etadi.
To`plam nainki muayyan qatlam, balki keng ommaga mo`ljallangan.
Risola AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi bilan hamkorlikda bepul tarqatish uchun nashr etilgan.






