Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy harakatiga start berilgan bo`lib, mazkur loyiha doirasida ko`kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish bo`yicha bir qator topshiriqlar belgilab berilgan edi.
Shu munosabat bilan, bugun 9-noyabr kuni Prezident ta`lim muassasalari agentligi jamoasi “Muruvvat” nogironligi bo`lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi maydonini ko`kalamzorlashtirishga hissa qo`shish maqsadida mazkur muassasada istiqomat qiluvchilar bilan birgalikda ko`chat ekish ishlarini tashkil etildi.
Loyiha doirasida muassasa maydoniga manzarali fotiniya, oddiy daraxtga nisbatan 4 barobar ko`p kislorod ishlab chiqaruvchi pavloniya, mahalliy va qrim qarag`ayi kabi daraxt va buta ko`chatlari ekildi.






