AsosiyJamiyat

Quva tumanida IIB raxbariyati tomonidan profilaktika inspektorlari huquqlari poymol qilinayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

'Quva tumanida IIB raxbariyati tomonidan profilaktika inspektorlari huquqlari poymol qilinayotgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Quva tumanida IIB raxbariyati tomonidan profilaktika inspektorlari huquqlari poymol qilinmoqda-mi» sarlavhali videomurojaat tarqalmoqda. Murojaatga ko`ra, sobiq inspektor Quva tuman IIB boshlig`i o`rinbosari mayor Ahmadjonovning hodimlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakati bo`yicha shikoyat qilgan. Jumladan, u mayor shaxsiy manfaati uchun profilaktika inspektorlariga kunlik 55 ming so`mlik «o`rta fond» joriy qilgani, 100 bosh qoramol uchun qurayotgan molxonasiga kerakli qurilish materiallarini xodimlari zimmasiga yuklaganini ta`kidlagan.

Murojaat yuzasidan  Farg`ona viloyati IIB rasmiy munosabat e`lon qildi. 

Keltirilishicha, mazkur murojaat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, murojaatchi Nishonov Nozimjon Navro`zbek o`g`li muqaddam ichki ishlar organlarida ishlab, xizmat vazifasiga mas`uliyasizlik bilan yondashganligi,  surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uchun, salbiy sabablarga ko`ra, 2021 yilda ichki ishlar organlaridan bo`shatilgan.

"Shuningdek, sobiq xodim N.Nishonovni videomurojaatidagi IIO xodimlari bilan bog`liq keltirilgan holatlar yuzasidan viloyat IIB tegishli xizmatlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligini ma`lum qilamiz",  - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar