AsosiyDunyo

Olimlar koronavirus tarqalishini to`xtatadigan yangi moddani aniqlashdi

'Olimlar koronavirus tarqalishini to`xtatadigan yangi moddani aniqlashdi'ning rasmi

Qora murch tarkibida uchraydigan piperin moddasi Covid-19 tarqalishini bloklashi mumkin. Rossiya FA sitologiya instituti va Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti olimlari o`tkazgan tadqiqotda shunday xulosaga kelindi. Bu haqda xorij OAVga asoslanib "Zamon" xabar berdi. 

Tadqiqotda ishtirok etgan olimlardan biri Olga Ostroumova “Vedomosti” nashriga bu haqda aytib o`tgan. Uning so`zlariga ko`ra, inson terisiga yopishadigan oqsillarni bloklaydigan preparatlarni yaratish – koronavirusga qarshi kurashning asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Ammo shtammlar va ularning oqsillari tez mutasiyaga uchraydi. Bu yaratilgan preparatlarning ma`lum vaqtdan keyin samarasi yo`qolishiga olib keladi.

Rossiya olimlari boshqa yo`ldan borgan va ular oqsillarni emas, balki inson hujayrasi hamda oqsil membranasini bloklab qo`yuvchi dori yaratishni maqsad qilgan.

Olimlar piperinga e`tibor qaratgan. Piperin boshqa bioaktiv qo`shimchalar tarkibida ishlatib kelinadi. Ostroumova shuningdek, bu moddadan tashqari yana 20 turdagi alkaloidlar ham tajribadan o`tkazilayotganini ma`lum qilgan. Ammo aynan piperin boshqa moddalardan ko`ra ko`proq samara ko`rsatgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo`lib COVID-19 virusiga qarshi dorini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar