Ijtimoiy tarmoqda "Nexia" avtomobilining haydovchisi davlat raqam belgisini sigareta qutisi bilan ko`rinishini cheklaganligi aks etgan fotolavha tarqaldi.
IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, fotolavha yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, qoidani buzgan haydovchi aniqlandi.
Unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 125 prim 5 moddasi tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.






