AsosiyJamiyat

Yangihayot tumanidagi ko`p qavatli uylardagi 1994 ta xonadonda vaqtinchalik gaz o`chiriladi

'Yangihayot tumanidagi ko`p qavatli uylardagi 1994 ta xonadonda vaqtinchalik gaz o`chiriladi'ning rasmi

Yangihayot tumani “Yorqinhayot” mahallasida (Sputnik - 16 daxa) tabiiy gaz bosimi sezilarli darajada tushib ketganligi sababli “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Er osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan. 

 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, shu sababli, 2021 - yil 10 - noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar ushbu manzildagi 26 ta ko`p qavatli uylardagi 1994 ta xonadonda hamda 3 ta ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar