Kollej va texnikumlarga kunduzgi ta`lim shaklida o`qishga kirish uchun test sinovlari 12 noyabrdan 17 noyabrga qadar 2 smenada tashkil qilinadi. Bu haqda DTM xabar berdi. Unga asosan, imtixonlar quyidagi vaqtlarda o`tkaziladi.
- 1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
- 2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo`lib o`tadi.
Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va tarix)dan o`tkaziladi.
Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig`ini ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Maksimal ball – 189 ball bo`lib, mutaxassislik fanlari bo`yicha har bir to`g`ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo`yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.
"Talabgorlar ruxsatnomalarini DTMning ruxsatnoma.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin",-deyiladi xabarda
Ma`lumot uchun, joriy yilda kollej va texnikumlarga SIRTQI, KEChKI va DUAL ta`lim shakllari bo`yicha ro`yxatdan o`tgan abiturientlar kirish imtihonlarisiz to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilinadi.
Faqat kunduzgi shakl uchun test bo`lib bo`ladi.






