AsosiyJamiyat

Elektr energiyasi tanqisligi sababi ma`lum qilindi

'Elektr energiyasi tanqisligi sababi ma`lum qilindi'ning rasmi

Joriy yilda suv tanqisligi tufayli mamlakatimiz gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamaydi. Bu esa iste`molchilarni elektr energiyasi bilan ta`minlashga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, deb xabar berdi Energetika vazirligi axborot xizmati.

GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish ko`rsatkichlari kamayishi kuzatilmoqda va buning natijasida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta`minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Bu gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bog`liq bo`lib, bu ehtiyojni to`liq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi etishmasligiga olib keldi.

Demak, 2019 yilda gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan bo`lsa, joriy yilda bu ko`rsatkich o`tgan yilgi ko`rsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soatni yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (23 foiz)ni tashkil etmoqda.

Mazkur 1 mlrd 200 mln kilovatt-soat elektr energiya bilan respublika aholi iste`molchilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlash mumkin.

Joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari to`planmagani nafaqat O`zbekiston, balki qo`shni respublikalarda ham kuzatilmoqda.

Shunga qaramasdan, mamlakatimizda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stansiyalar orqali rejada ko`rsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar