AsosiyJamiyat

Prezident tuman va shaharlardagi tibbiy xizmatlar, shifokorlar malakasi bilan bog`liq muammolarni ochiq aytdi

'Prezident tuman va shaharlardagi tibbiy xizmatlar, shifokorlar malakasi bilan bog`liq muammolarni ochiq aytdi'ning rasmi

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma`lum qilishicha, Davlat rahbari yig`ilish kun tartibidagi masalalarning ahamiyatiga to`xtaldi:

"Xalqimizning sog`lig`i, onalar va bolalar, nuroniylarning salomatligi hech narsa bilan o`lchanmaydigan eng bebaho boyligimizdir.

Shuning uchun islohotlarimizning bosh mezoni bo`lgan “Inson qadri uchun” tamoyilining muhim bo`g`inlaridan biri  ham barcha uchun sifatli tibbiy xizmatlar olishga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Ochiq aytish kerak, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan, yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko`rsatish, shifokorlar malakasi bilan bog`liq ko`plab masalalar hali o`z echimini topgani yo`q.

Islohotlarimizning kelgusi besh yillik dasturini ishlab chiqish jarayonida saylovoldi uchrashuvlari doirasida bunga yana bir bor guvoh bo`ldik.  

Shu bois, saylovoldi dasturda tibbiyotni xalqimizni rozi qiladigan tizimga aylantirish bo`yicha katta marralarni belgilab oldik" - degan Prezident.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev Prezident kardiologiya sohasidagi muammoli masalalar to`g`risida quyidagi faktlarni keltirgan:

"30-70 yoshdagi aholi o`rtasida o`lim holatlarining 53 foizi hanuzgacha yurak-qon tomir kasalliklariga to`g`ri kelmoqda.  

So`nggi besh yilda yurak-qon tomir kasalliklari 20 foizga, hatto yoshlar orasida ham ko`paygan.

40 yoshdan yuqori aholining 20-25 foizida gipertoniya alomatlari mavjud.  

Umuman, o`tkazilgan xatlovlar natijasiga ko`ra, respublika bo`yicha 4 millionga yaqin aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bo`lib, umumiy aholining 12 foizini tashkil etadi.

Ayniqsa, bunday kasalliklarga chalingan aholi soni Namanganda – 18 foiz (450 ming nafar), Farg`onada – 17 foiz (600 ming), Buxoroda – 14 foiz (230 ming), Qashqadaryoda – 13 foiz (470 ming)ni tashkil etib, respublika ko`rsatkichidan yuqori.  

Toshkent shahri, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida yurak-qon tomir kasalliklarining og`ir asoratlari qolgan hududlarga nisbatan baland".

    Boshqa yangiliklar