AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Rossiyada ishlashni xohlovchilar uchun tanlov o`tkazilmoqda

'Surxondaryoda Rossiyada ishlashni xohlovchilar uchun tanlov o`tkazilmoqda'ning rasmi

Bugun, 9 noyabr kuni Termiz shahridagi arxitektura va qurilish kollejida xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolar uchun Rossiya Federasiyasining “Konsern Titan-2” hamda “DINA INTERNEShNL” korxonalari vakillari tanlov o`tkazmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, tanlovda armatura, g`isht terish va qurilish sohasining boshqa yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif etilmoqda.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar Rossiya Federasiyasi shifokorlari tomonidan tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar