AsosiyJamiyat

Olmazor tumanida fuqaroni Koreyaga o`qishga yuborishni va`da qilgan firibgar aniqlandi

'Olmazor tumanida fuqaroni Koreyaga o`qishga yuborishni va`da qilgan firibgar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.M. S.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreya Respublikasiga o`qishga yuborishini va`da qilib, evaziga 2 300 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar