Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, 4 noyabr holatiga respublikada 27 845 532 doza vaksina qo`llangan bo`lib, ulardan birinchi dozani 14 450 493 kishi qabul qilgan.
Pfizer yangi COVID-19 ga qarshi preparatning 89 foiz samaradorligi haqida xabar berdi.
Preparat xavfsiz va yaxshi ta`sirga ega ekanligi aniqlandi. Sinovda qatnashgan bemorlar guruhida 28 kun davomida o`lim holatlari qayd etilmadi.
Avstriya koronavirus cheklovlarini kuchaytirmoqda.
Yangi COVID-19 holatlari avj olgani sababli, Avstriya shu haftadan boshlab koronavirus cheklovlarini kuchaytirmoqda. Xususan, emlanmagan fuqarolarning jamoat joylarda, kafe, restoran, sartaroshxona, mehmonxonalarga borishi hamda 25 dan ortiq kishi bo`ladigan yig`ilishlarda qatnashishi taqiqlandi.
Avstraliya COVID-19 vaksinalarning yana bir muqobilini ishlab chiqdi.
Avstraliyalik tadqiqotchilar yangi vaksina hozirgi kunda qo`llanilayotganlarga qaraganda samaraliroq bo`lishi mumkinligini ta`kidlashmoqda.
Qozog`istonlik olimlar COVID-19 ga qarshi beshta vaksina ishlab chiqdilar.
Qozog`iston Ta`lim va fan vazirligining Bioxavfsizlik muammolari ilmiy tadqiqot instituti (RIBSP) olimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi beshta vaksina ishlab chiqdi. Ular orasida eng mashhuri inaktivlashgan QazVac vaksinasi bo`lib, uning samaradorligi klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.






