Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Fuqaro T.D. o`zgalar ishonchiga kirib, noqonuniy boylik orttirish maqsadida, fuqaro N.ga mehmonxona va umumiy ovqatlanish shahobchasi qurish uchun Oqdaryo tumani hududidan 3 gektar er maydonini tanishlari ko`magida auksion savdosi orqali olib berish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Kosonsoy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Q. fuqaro Q.ga 1 gektar er maydonini 18 000 AQSh dollariga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 5 000 AQSh dollari va 43 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






