O`zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o`quv-yig`in mashg`ulotlarini boshladi.
Yig`inning ilk kunida mahalliy chempionatda to`p surayotgan futbolchilar, shuningdek, bir nechta legionerlar ishtirok etishdi. Qolgan legionerlar ham terma jamoa ixtiyoriga kelib qo`shilishlari kutilmoqda.
Belarussiyada to`p surayotgan hamyurtimiz Shahbozbek Umarovva himoyachi Rustam Ashurmatov terma jamoa yig`iniga kelib qo`shila olmasligi ma`lum qilindi.
Eslatib o`tamiz, terma jamoamiz noyabr oyida Gruziyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.






