Kelasi mavsum Superliga yo`llanmasi uchun kurash olib borayotgan "Olimpik" navbatdagi turni o`z maydonida Farg`onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi o`tkazdi.
Murosasiz kechgan bahsda Temur Kapadze shogirdlari ishonchli 2:0 hisobida g`alaba qozonib, Superliga yo`llanmasi uchun kurashni davom ettirishini yana bir bor isbotladi. Bu haqda O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, jamoa safida gollarga Otabek Jo`raqo`ziev va Alisher Odilov mualliflik qilgan.
“Olimpik” – “Neftchi” 2:0
Gollar: 43 – Otabek Jo`raqo`ziev (1:0), 79 – Alisher Odilov (2:0).






