AsosiyJinoyat

Toshkentda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 311 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

'Toshkentda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 311 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tuman hududidagi ko`p qavatli uyning qozonxonasiga 4 dona isitish uskunalarini o`rnatib, noqonuniy ravishda gazdan foydalanilganligi oqibatida hududiy gaz ta`minoti korxonasi manfaatlariga 311,1 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar