Davlat OTMga 2021/2022-o`quv yili magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to`plagan abiturientlarni tegishli OTM tomonidan belgilangan to`lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat`iy amal qilgan holda qo`shimcha qabul qilishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli OTM qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.
To`lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.
Prezidentning PQ–5157-son ko`ra, magistratura mutaxassisliklariga qo`shimcha qabul to`lov-kontrakt miqdori bir talabaning o`qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda OTM tomonidan belgilanadi.






