AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda aka o`z ukasining oyoq-qo`llarini sim bilan bog`lab, tiriklayin yoqib yubordi

'Qashqadaryoda aka o`z ukasining oyoq-qo`llarini sim bilan bog`lab, tiriklayin yoqib yubordi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida aka o`z ukasining oyoq-qo`llarini sim bilan bog`lab, tiriklayin yoqib yubordi. Bu haqda "Daryo" Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayanib xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 noyabr kuni soat 19:20 da G`uzor tuman prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismidan voqea haqida xabar kelib tushgan. Xabarda tumanning "Pachkamar" MFY, Pachkamar qishlog`idagi eski gips tosh konidan yoshi 30-35 larda bo`lgan erkak jasadi topilgani ma`lum qilingan.

"Shaxsi noma`lum murda oyoqlari juft qilingan holda to`piq sohasi, son sohasi va ko`krak sohasidan sim bilan ikkala qo`llari orqaga qayrilib bog`langan, kuyish jarohatidan vafot etgan holda topilgan", — deyiladi axborotda.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning aniqlik kiritishicha, mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni G`uzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi qo`lga olingan.

Tezkor-surishtiruv davomida shaxsi noma`lum murda G`uzor tumani "Sovlig`or" mahallasida yashovchi 38 yoshli E.A. ekani, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro esa uning 43 yoshli akasi E.K. ekani ma`lum bo`lgan.

Ma`lum qilinishicha, marhum E.A. mast holda doimiy ravishda onasi S.D.ni uyatli so`zlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 31 oktyabr kuni soat 14:00 da mast holda onasi bilan yana janjallashib, uni haqoratlab uydan chiqib ketganini eshitgan akaning jahli chiqqan. U ukasi shu qishloqdagi choyxonada sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik ichib o`tirganini bilib, choyxonaga borib, ukasini o`zining boshqaruvida bo`lgan "Gentra"da uyiga olib kelgan.

«So`ngra uni urib, qo`l va oyoqlarini sim bilan bog`lab, shu kuni soat 22:00 da ukasini qasddan o`ldirish maqsadida, o`zining avtomashinasi yukxonasiga joylab, G`uzor tumani Pachkamar qishlog`idagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan o`ldirgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar