Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida joriy yilning 9 oyi davomida jami 670,7 mingta tug`ilish qayd etilgan bo`lib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga yoki 56 ming nafarga ko`paygan.
Mustaqillik yillarida respublika bo`yicha tug`ilishlar soni quyidagicha
🔸1991 yilda – 723,4 ming
🔸1995 yilda – 678 ming
🔸2000 yilda – 527,6 ming
🔸2005 yilda – 533,5 ming
🔸2010 yilda – 634,8 ming
🔸2015 yilda – 734,1 ming
🔸2020 yilda – 841,8 ming






