AsosiyJinoyat

Samarqandda fuqaroga texnikum diplomini olib berishni va`da qilgan direktor o`rinbosari ushlandi

'Samarqandda fuqaroga texnikum diplomini olib berishni va`da qilgan direktor o`rinbosari ushlandi'ning rasmi

Urgut tumanida fuqaroga texnikumni tamomlaganligi haqida diplom olib berishni va`da qilgan direktor o`rinbosari ushlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.

Ma`lumotga ko`ra,“Gulobod agrobiotexnologiyalar texnikumi” direktori o`rinbosari I.Sh. fuqaro U.ni texnikumga o`qishga kiritib, 2021-2022 o`quv yili yakuni bilan unga diplom olib berishni va`da qiladi.

Evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar