Amerikaning Kolumbiya uiversiteti portash xavfi haqidagi xabarni olgandan so`ng, univertsitet ma`muriyati maxsus topshiriq berilmaguncha kampusga yaqinlashmaslikni so`radi. Bu haqda universtitetning Twitter’dagi sahifasida ma`lum qilingan.
Nyu-York polisiyasi o`rganish ishlarini olib borgan. Ogohlantirish berilmaguncha binoga yaqinlashmasliklarini so`ragan. Polisiya hududni o`rganib chiqqandan so`ng, tahdidni ishonchsiz deb topgan, keyinroq binolarga kirish mumkinligi aytilgan.
REN TV manbalarining aytishicha, universitet binosini portlatish haqida tahdid qilinayotgani haqidagi xabar talabalardan biri tomonidan kelgan. Telekanal, shuningdek, guvohlarga tayanib, talabalar u erdan evakuasiya qilinganini qo`shimcha qilgan.
Keyinroq mamlakat Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmasi portlash haqidagi ma`lumotlar tasdiqlanmaganini ma`lum qilgan.






