AsosiyJamiyat

Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan fuqarolar o`qishga suhbat asosida qabul qilinadi

'Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan fuqarolar o`qishga suhbat asosida qabul qilinadi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo`lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta`lim shakliga suhbat natijalariga ko`ra tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko`ra tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida o`qishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xo`jalik birlashmalari ro`yxati har yili 1 iyulgacha tasdiqlanib, OAVda e`lon qilinadi.

 Vazirlik, idora va yirik xo`jalik birlashmalari har bir o`quv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin bo`ladi.  

Tegishli tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20 iyuldan 10 avgustgacha Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali ro`yxatdan o`tkaziladi.

 Suhbat jarayoni har yili 20 avgustdan 30 avgustgacha bo`lgan muddatda tashkil etiladi.

 Natijalarga ko`ra 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball to`plagan abiturientlar OTM rektori (direktori) buyrug`i bilan tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.  

Ma`lumot uchun, tavsiyanomalar faqatgina berilgan o`quv yili uchungina amal qiladi.  

Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta`lim muassasalariga, O`zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlariga hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar