AsosiyDunyo

AQShning Afg`oniston bo`yicha vakili mamlakatdagi vaziyat yuzasidan Evropa va Osiyoga safar qiladi

'AQShning Afg`oniston bo`yicha vakili mamlakatdagi vaziyat yuzasidan Evropa va Osiyoga safar qiladi'ning rasmi

AQShning Afg`oniston bo`yicha vakili mamlakatdagi vaziyat yuzasidan Evropa va Osiyoga safar qiladi. Bu haqda Uest Twitter o`zining sahifasida ma`lum qilgan

"Bugun Afg`oniston masalasini ittifoqchi va hamkorlar bilan  muhokama qilish uchun Evropa va Osiyoga jo`nab ketyapman. Xalqaro hamjamiyat samarali siyosat yuritish uchun birgalikda harakat qilishi lozim", — degan Uest. 

U tashrifi to`g`risida boshqa ma`lumotlarni ochiqlamagan, deya xabar beradi Zamon.uz

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Uest birinchi bo`lib Bryusselga borishini ma`lum qilgan. U erda ittifoqchilar bilan maslahatlashuv o`tkazilishi qayd etilgan. Shu bilan birga uning Moskvaga tashrifi ham kutilmoqda.

Avvalroq Zalmay Xalilzod AQShning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili lavozimidan iste`foga chiqqandi.

    Boshqa yangiliklar