Buxoro viloyati G`ijduvon tumani Qassobon mahallasida yashovchi Sh.Z. o`z hovlisida qo`lbola usulda tayyorlangan moyjuvoz uskunasi yordamida qonunga xilof ravishda chigitdan olinadigan yog` maxsulotini ishlab chiqarish bilan shug`ullanib kelganligi aniqlandi.
Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbir davomida uning xonadonidan 1 dona qo`lbola moyjuvoz uskunasi, 40 kilogramm paxta chigiti, 174 litr moyjuvozda ishlab chiqarilgan o`simlik yog`i va 270 kilogramm kunjara ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.
"Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ayni paytda fuqaro Sh.Z.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






