Kecha tunda, yakshanbaga o`tar kechasi portlovchi moddalar bilan to`ldirilgan dron bilan Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Qadimiyning qarorgohiga hujum qilindi. Bundan vazirning o`zi jabrlanmagan, ammo uning qo`riqchilari yaralangan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Iroq harbiylarining so`zlariga ko`ra, suiqasd uning Bag`doddagi qarorgohida ro`y bergan.
Al-Qadimiy o`zining rasmiy Twitter sahifasida tirik va sog`lom ekanini ommaga ma`lum qildi.
"Allohga hamdlar bo`lsin, men yaxshiman va Iroq uchun barchani xotirjamlik hamda vazminlikka chaqiraman", — deyiladi uning postida.






