AsosiyJamiyat

O`zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda AQSh bilan hamkorlik qiladigan bo`ldi

'O`zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda AQSh bilan hamkorlik qiladigan bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti vakillari o`rtasida uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuv davomida o`zaro hamkorlik doirasida bir qator yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etilgan. Bu haqda agentlik xabar bermoqda.

Xususan, quyidagi qator masalalar:

  • “Mintaqaviy muloqot” va AQShning  Narkotik moddalar xalqaro aylanmasiga qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish faoliyati Byurosi ko`magida Amerikaning bir qator tashkilot va idoralari (AQSh Federal sud markazi, Etika byurosi, Federal qidiruv byurosi, Federal savdo markazi) bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish; 
  •  Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida sun`iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanishni yo`lga qo`yish uchun xalqaro ekspertni jalb etish;
  •   Hamkorlikda qo`shma tadqiqotlarni o`tkazish kabilar muhokama qilingan.

Bundan tashqari, O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko`lami bo`yicha Markaziy Osiyoda etakchilik qilayotganini inobatga olib, shuningdek, davlat xizmatchilarining bu boradagi malakasini muntazam ravishda oshirib borish tizimini yo`lga qo`yish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish Mintaqaviy o`quv markazini tashkil etish istiqbollari bo`yicha fikr almashilgan.

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo`nalishlarini kengaytirish va aloqalarni yanada mustahkamlash, ilgari surilgan loyihalarni ishchi tartibda ko`rib chiqishni davom ettirishga kelishib olishgan.

    Boshqa yangiliklar