AsosiyJamiyat

Jizzaxda vagon ehtiyot qismlarini o`g`irlab ketishga uringan shaxslar aniqlandi

'Jizzaxda vagon ehtiyot qismlarini o`g`irlab ketishga uringan shaxslar aniqlandi'ning rasmi

Shu yilning 5 noyabr kuni Jizzax viloyati IIB TXTB xodimlari xizmat davomida 4 nafar noma`lum shaxslarni Zarbdor temir yo`l bekatidagi temir yo`l izining 4 yo`lida turgan 41 ta refrejirator vagonlarining Refseksiyadan 1 dona motor podmotkasi, 1 dona kondensator va har xil turdagi mis kabellarni o`g`irlab olib ketishga urinayotgan vaqtida voqea joyida ushlangan. Bu haqda IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida ushbu shaxslar 1980 y.t. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi Sh.X., 1979 y.t. Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahrida yashovchi M.Q., 1988 y.t. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashovchi N.E. va 1983 y.t. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi K.X.lar ekanligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar