Avtoulov yuk xonasida bo`lgan o`smir yigit voqea joyida vafot etgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko`ra, fuqaro boshqaruvidagi "Gaz 53" avtoulovi “O`smat – Gulbuloq – Kinchir” avtoyo`lining "Uzunbuloq" qishloq fuqarolik yig`ini hududidan o`tgan qismida yo`lning o`ng tomoniga ag`darilib ketgan.
Ma`lum bo`lishicha, haydovchi avtomashina rul boshqaruvining yo`qotishi oqibatida uning avtoulovi yukxonasida bo`lgan hamqishlog`i, o`rta umumta`lim maktabning 10-sinf o`quvchisi tan jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Avtomashina salonida bo`lgan fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo`limiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






