AsosiyJamiyat

Prezident qum bo`ronlari haqida to`xtaldi

'Prezident qum bo`ronlari haqida to`xtaldi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev:

«Yurtimizda ekologik tahdidlarning salbiy ta`siri ortib bormoqda. Buni kuni kecha sodir bo`lgan qum bo`ronlari ham yana bir bor tasdiqladi. Orol dengizining qurishi bilan bog`liq vaziyat tobora keskin tus olmoqda.

Shu borada biz Orolbo`yini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e`lon qilish bo`yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyusiyasini hayotga tatbiq etishga doir tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish kerak».

    Boshqa yangiliklar