AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda koronavirusdan 2 kishi vafot etdi

'Kecha O`zbekistonda koronavirusdan 2 kishi vafot etdi'ning rasmi

Kecha O`zbekistonda 285 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallikdan 2 nafar bemor vafot etdi, pnevmoniyaga chalinish holatlari aniqlanmadi

2021 yil 5 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 187666 (+285) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 22 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 18 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 26 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 26 nafari Xorazm viloyatida,
  • 55 nafari Toshkent viloyatida,

87 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

  • Kecha kun davomida:
  • Andijon viloyatida 21 nafar,
  • Buxoro viloyatida 2 nafar,
  • Jizzax viloyatida 7 nafar,
  • Namangan viloyatida 25 nafar,
  • Samarqand viloyatida 23 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 23 nafar,
  • Xorazm viloyatida 29 nafar,
  • Toshkent viloyatida 57 nafar,

Toshkent shahrida 120 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 183612 (+307) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1336 nafarni tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar