Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O`zbekistonga qiymati 104 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 289 mln. litr avtomobil benzini import qilingan.
Avtomobil benzini importi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln. litrga oshgan.
O`zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 140,5 mln. litr
- Turkmaniston – 126,8 mln. litr
- Qozog`iston – 16 mln. litr
- Iroq – 3,6 mln. litr






