Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 11-oktyabr kuni soat 20.10 larda, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo`limi xodimlari giyohvand modda saqlayotgan fuqaro aniqlangan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, Sariosiyo tumanining “Gulobod” mahallasi hududida , Denov tumanida yashovchi, S.Bahrom (ism-shariflar o`zgartirilgan) to`xtatilib yonlari ko`zdan kechirilganida, uning yonidan 1 dona gugurt qutisiga qadoqlangan sof vazni 4,62 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
19-oktyabr kuni S.Bahromga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






