AsosiyJamiyat

Changli havoda nima qilish kerak? Mutaxassis ma`lumot berdi

'Changli havoda nima qilish kerak? Mutaxassis ma`lumot berdi'ning rasmi

4 noyabrdan buyon O`zbekistonda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo`lmagan chang-qumli bo`ron hodisasi kuzatilmoqda. Havo tarkibidagi  chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik - derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirdi. Bunday holatda nima qilish kerak?

• Ko`chaga iloji boricha kamroq chiqish;  

• Ishga, o`qishga, xarid uchun ko`chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;  

• Ko`chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko`zlarni yaxshilab yuvish);

• kalit, ko`zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;

• ko`chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish; ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish.

• nim ta`sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;

• ko`proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo`lsa ko`k choy, na`matak  damlamasini ichish;

• yog`li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho`r, achchiq taomlarni cheklash; suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotalari (qatiq, kefir va boshqalar), ko`katlarni iste`mol qilish.

Changni ko`p to`planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to`g`ri tozalash kerak:  

• uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;    

• chang yig`ilishi mumkin bo`lgan hamma narsalarni  chang yutgich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o`yinchoqlar  va boshqalar); yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o`ralishi tavsiya etiladi.  

• chang yig`ilishi mumkin bo`lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar  va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;  

• oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq  yuvib qo`yish kerak;

• xona havosi optimal namligini ta`minlash:  ho`l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig`imli idishlarga suv solib qo`yish.

Feruza SALOMOVA, professor

Tibbiyot akademisining Atrof-muhit gigienasi kafedrasi mudiri

    Boshqa yangiliklar