AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi kutilmoqda?

'Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi kutilmoqda?'ning rasmi

"O`zgidromet" 6 noyabr kuni bo`lishi kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonda quruq ob-havo kutilmoqda. Ba`zi joylarda changli g`ubor saqlanib turadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 6-11° iliqgacha ko`tariladi. 

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Biroz changli g`ubor bo`ladi. Kunduzi 8-10° iliqgacha isiydi. 

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar