Farg`ona viloyatida Nexia-2 qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida «Vaz-2105» to`qnashdi. YTH natijasida 4 kishi halok bo`ldi, 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Qashqadaryoda YTH oqibatida 1 kishi vafot etdi.
Farg`ona viloyati Furqat tumanida A376 Qo`qon — Jizzax avtomobil yo`lining 10 km da YTH sodir bo`ldi. Bu haqda «Zamon» dasturiga asoslanib, "Gazeta" xabar berdi.
Nexia-2 avtomashinasi qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida «Vaz-2105» avtomashinasi bilan to`qnashgan.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro voqea joyida, yana 2 kishi shifoxonada vafot etdi. Qolgan 3 nafar fuqaro shifoxona jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.
Ayni damda ushbu YTH yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






