AsosiyJamiyat

So`nggi 9 oyda O`zbekistonga kelgan sayyohlar soni 1 milliondan oshgan

'So`nggi 9 oyda O`zbekistonga kelgan sayyohlar soni 1 milliondan oshgan'ning rasmi

O`zbekistonga 9 oy davomida 1 million 200 mingga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi va 273 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilindi. Bu haqda bugun, 5 noyabr kuni AOKAda Turizm va sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Ta`kidlanishicha, turizm sohasida tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash uchun 9 oy davomida davlat byudjetidan subsidiya tariqasida 6,5 milliard so`m miqdorida mablag` ajratilgan.

Shuningdek, mahalliy turistlar uchun mamlakat bo`ylab tashkil etilgan sayohatlarning avia va temir yo`l chiptalari uchun 15 foiz hamda mehmonxona xizmatlari xarajatlarini qoplash uchun 10 foiz miqdorida subsidiya ajratilmoqda. 1 oktyabr holati bo`yicha ushbu maqsadlar uchun 4,8 milliard so`m miqdorida mablag` yo`naltirildi.

Hududiy investisiya dasturlari hamda tadbirkorlik sub`ektlarining tashabbuslari bilan 2021 yil davomida turizm va sport sohalarida umumiy qiymati 1 trillion 84 milliard so`m bo`lgan 318 ta loyiha amalga oshirildi, buning natijasida 2954 ta yangi ish o`rni yaratildi.

    Boshqa yangiliklar