AsosiyJamiyat

Koreyada ishlashni rejalashtirayotganlar uchun zaruriy talablar ma`lum qilindi

'Koreyada ishlashni rejalashtirayotganlar uchun zaruriy talablar ma`lum qilindi'ning rasmi

Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi rasmiy bayonotiga ko`ra, joriy yilning noyabr oyi oxirida ishchi kuchi jo`natuvchi barcha davlatlar, shu jumladan O`zbekistondan E-9 ishchi vizasi bilan mehnat migrantlarini qabul qilish jarayoni tiklanishi rejalashtirilgan.

Buning uchun fuqarolardan:

1. Koreya Respublikasida tan olingan vaksinalar (Astrazeneca, Moderna, Pfizer, Sinovac, Sinopharm, Janssen)dan biri bilan Koreya Respublikasiga kirib borishdan kamida 14 kun oldin to`liq emlangan bo`lishi;

2. Koreya Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tan olingan laboratoriyalar (Korea No 1 Laboratory, SWISS LAB, De Factum Laboratories, INTERMED Innovation)dan birida Koreya Respublikasiga kirib borishdan oldin 72 soat ichida PSR test topshirgan va test natijasi manfiy bo`lishi talab etiladi.

Shuningdek, Koreya Respublikasiga kirib borgan mehnat migrantlari avvalgidek 14 kun emas, balki 10 kunlik karantin davrini o`tashi lozim bo`ladi.

Koreya Respublikasi Inson resurslarni rivojlantirish xizmatining ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasidan mehnat migrantlarining E-9 ishchi vizasi bilan kirib borish tartibi va soni bo`yicha ma`lumot Koreya Respublikasining O`zbekistondagi “EPS” markazi orqali qo`shimcha etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar