BMT hisob-kitobiga ko`ra, 2030 yilga borib dunyo qirg`oqbo`yi aholisining 50 foizi tabiiy ofatlardan aziyat chekishi mumkin. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Ma`lumotda sunami ehtimoli yuqori hududlarda urbanizasiya va turizmning oldini olish kerakligi ta`kidlanadi. Masalan, Shri-Lanka, Hindiston, Indoneziya, Tailand va Yaponiya eng ko`p jabr ko`rgan davlatlar qatoriga kiradi.
BMT va JSST ma`lum qilishicha, so`nggi 100 yil ichida 58 ta sunami 266 mingga yaqin kishining hayotiga zomin bo`lgan.
YuNESKO okeanografiya komissiyasi sunami haqida erta ogohlantirish xizmatlarini muvofiqlashtirish bo`yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Tinch, Hind okeanlari, Karib dengizi, Shimoli-sharqiy va O`rta er dengiz mintaqalarida kuzatuv stansiyalari o`rnatilgan.
Ma`lumot o`rnida, Hindiston, Shri-Lanka, Yaponiya, Maldiv orollari, Myanma va Tailand hududlarida eng ko`p sunami kuzatiladi.






