AsosiyJamiyat

AKT vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

'AKT vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Doniyor Rustamov Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bugungacha Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi (“O`zkomnazorat”) boshlig`ining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Rustamov bu lavozimda Bahromjon Olmatovning o`rnini egalladi.

Bahromjon Olmatov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ma`lumot uchun, Bahromjon Olmatov 2015 yilning dekabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U vazirning axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo`yicha o`rinbosari bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar