Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, respublikamizda jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 % ga oshgan.
2021 yilning 8 oyida O`zbekistonga qiymati 100 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 281,6 mln. litr avtomobil benzinini import qilingan.
Avtomobil benzini importi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.






