AsosiyJamiyat

Energetika vazirligi benzin narxlari bilan bog`liq masalaga aniqlik kiritdi

'Energetika vazirligi benzin narxlari bilan bog`liq masalaga aniqlik kiritdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Rasul Kusherbaev benzin quyish shahobchalariga borib uning narxi va sifati bilan viziqib poytaxtdagi bir necha benzin quyish shahobchalari bilan tanishgan edi.

Uning so`zlariga ko`ra, benzin sifatiga gap yo`q, ammo uning sotuvdagi narxlariga faqat "O`zbekneftgaz" tizimidagi benzin quyish shahobchalarida amal qilinmoqda. Qolgan xususiy benzin sotuvchi tashkilotlarda esa narxlar turlicha qayd qilingan.

Mazkur masala yuzasidan Energetika vazirligi ham rasmiy ma`lumot berdi.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko`ra,  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va ma`muriy tartibga solishni qisqartirish, tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali raqobat muhitini yaratish hamda narxlarni bozor tamoyillari asosida shakllantirishga bosqichma-bosqich o`tish bo`yicha qabul qilinayotgan izchil choralar natijasida:

Avtomobil benzini chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi va ushbu mahsulotlarni neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilangan. Jumladan:

– 2017 yil 15 noyabrdan boshlab Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali;

– 2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 markali;

– 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali.

Qayd etilishicha, mazkur avtobenzin narxlarini Hukumat qarorlari bilan belgilash amaliyotidan voz kechilgan.

Natijada sog`lom raqobat muhiti shakllandi va iste`molchilarga maqbul narxlarda sifatli mahsulotlar etkazib berish yo`lga qo`yilgan.

"Respublikada Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan tashqari birja savdolarida 10 dan ortiq sotuvchilar avtobenzin mahsulotini taklif etmoqda. Hozirda avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) mahalliy neft mahsulotlari bilan bir qatorda import qilinayotgan avtobenzinlarning ichki bozorda realizasiyasi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobenzinning asosiy qismi, ya`ni 78 foizidan ortig`i Ai-80 markali avtobenzini hisoblanadi",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar