Moskva shahrida qurilayotgan “Moskva-Siti” osmono`par binosining 84-qavatidan o`zini tashlagan erkakning shaxsi aniqlandi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.
Moskva shahri huquq-tartibot organlari xodimlarining ma`lumotiga ko`ra, vafot etgan shaxs 1994 yilda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan. U “Moskva-Siti” majmuasida qurilish firmasi tomonidan yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning o`limi o`z joniga qasd qilish sifatida tasnif etilmoqda.
Eslatib o`tamiz,bugun 13 aprel kuni “Moskva-Siti” binosi yonidan ishchilardan birining jasadi topilgan edi.





