Chorshanba kuni Moskva shahrining “Moskva-Siti” markazidagi minoradan yiqilgan erkak halok bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Voqea Moskva shahrining Presnenskaya naberejnaya ko`chasidagi 10-uyda sodir bo`lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uning o`limini tasdiqladi.
Ayni paytda polisiya tomonidan hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.





