Sal avval Yaponiyaning Bosh vazir Yoshixide Suga rahbarligidagi hukumati to`liq tarkibda iste`foga chiqqani xabar qilingan edi.
Ayni paytda Ria Novostining xabar berishicha, Yaponiya hukmron Liberal -demokratik partiyasi rahbari, ilgari tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan Fumio Kishida mamlakatning 100-bosh vaziri etib saylandi.
Ovoz to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatildi. U taqdim etilgan 458 byulletenning 311 tasida qo`llab -quvvatlandi.
Ma`lum qilinishicha, bu lavozim ko`pchilik ovoz bilan saylanadi. Har bir siyosiy harakat o`z nomzodini ko`rsatadi.






