AsosiyJamiyat

Kitob tumani "Go`daklar uyi" yopildi-mi? Hokimlik izoh berdi

'Kitob tumani "Go`daklar uyi" yopildi-mi? Hokimlik izoh berdi'ning rasmi

Kitob tumani "Go`daklar uyi" yopildi-mi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu bilan bog`liq xabarlarga tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu mish-mishlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

"Shu kunlarda aholi orasida  Kitob tumanida joylashgan viloyat miqyosidagi "Go`daklar uyi"ning yopilishi bilan bog`liq turli mish-mishlar tarqalmoqda. Kitob tumani hokimligi bu holatga aniqlik kiritib, shuni ma`lum qiladiki, hozirda bu bo`yicha hech qanday rasmiy qaror yoki topshiriq qabul qilinmagan. Shunday ekan, fuqarolarimizdan asossiz gap-so`zlarga ishonmasliklari so`raladi", – deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar