Toshkentdagi Inxa universiteti 11 dan 13 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun mobil ilovalarni dasturlash bo`yicha yangi kurslarni boshladi.
2015 yilning yoz oylarida Inxa bolalarni vizual dasturlash bo`yicha Codecraft loyihasini ishga tushirgan edi. O`quv kurslar doirasida bolalar Scratch 2 tili bazasida dasturlash asoslariga o`qitildi. Yaqinda IUT Advanced Scratch 2 kurslarini yo`lga qo`ydi.
Yangi kurs Codecraft loyihasining davomi sanaladi, ammo shu bilan birga loyihani yangi darajaga chiqaradi. Mazkur kurslar doirasida ishtirokchilar Android platformasida mobil ilovalarni dasturlashni o`rganadi.
Codecraft loyihasi rahbari Farhod Musaevning aytishicha, 15 nafar o`quvchi birinchi kursda ishtirok etadi.





