AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati IIBB da bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

'Toshkent viloyati IIBB da bir qator tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.                                     

Polkovnik
Iminov Ziyod Galibovich

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Z.Iminov Toshkent viloyati IIBB uchinchi mintaqaviy hudud Oqqo`rg`on tumani IIB boshlig`ining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik
Koldiboev Mirzoxid Saydaxmatovich

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, M.Koldiboev IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi murojaatlar bilan ishlash guruhi muhim topshiriqlar bo`yicha inspektori lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik
Mirto`laev Sa`dulla Mirag`lamovich

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Probasiya bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, S.Mirto`laev Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy hudud Parkent tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`ining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik

Djuraev Ravshanjon Mexmonkuzievich

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Moliya va moddiy texnika ta`minoti boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, R.Djuraev Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Boshqa yangiliklar