"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Olmaota shahriga muntazam qatnovlarni ko`paytiradi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
2021 yil 28 martdan boshlab Qozog`istonning Olmaota shahriga qatnovlar har kuni amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin!






